Foreks bozorida bitimni amalga oshirishda treyder ochishni istagan valyuta juftligini bilishigina zarur bo'lmay, bu valyutaning narxini ham bilishi kerak. Foreks bozorida valyuta juftligining narxi aniq raqamli qiymatlarga ega bo'lgan ikki belgi Ask va Bid bilan belgilanadi.
Ask narxi – bu valyuta juftligi kotirovkasida katta narx, bu narx bo'yicha treyder valyuta juftligi abbreviaturada birinchi bo'lib turgan valyutani sotib oladi. Va mos ravshida u mazkur abbreviaturada ikkinchi o'rinda turgan valyutani sotadi.
Bid narxi – bu valyuta juftligining kotirovkasida eng kichik narx, unga ko'ra valyuta juftligi abbreviaturasida birinchi bo'lib turgan valyutani sotishni amalga oshiradi. Va mos ravishda abbreviaturada ikkinchi bo'lib turgan valyutani sotib oladi.
Misol ko'rib chiqamiz:
Kotirovkasi 1.3652/1.3655 bo'lgan EUR/USD valyuta juftligi mavjud. Bu, Siz 1 yevroni 1,3655 dollarga sotib olishingiz mumkinligini anglatadi. Yoki, Siz 1 yevroni 1,3652 dollarga sotishingiz mumkinligini anglatadi. Xarid qilish narxi bilan sotish narxi orasidagi farq spred (spread) deyiladi. Spred - bu Foreks bozorida savdo qilish imkoniyati uchun to'lov, bu brokerlik kompaniyasining komissiyasi deb ataladi. Spredlar - valyuta bozorida juda kichik bo'ladi, ular bank spredlaridan o'nlab va hatto yuzlab marta kichik bo'ladi. Majors guruhidagi valyuta juftliklarining ko'pchiligi uchun ular 3 punktgachani tashkil etadi.