"InstaForeksdan Katta Yo'l 2015" tanlovlar guruhining qoidalari
I. Umumiy qoidalar
-
- 1. «InstaForeksdan Katta Yo'l 2015» tanlovi InstaFintech kompaniyalar guruhi tomonidan tashkil etilgan.
- 2. Tanlov 4 bosqich va bitta finaldan tashkil topgan.
- 3. 4 bosqichning har birini o'tkazilish vaqti:
-
- 20.10.2014 - 21.11.2014;
- 12.01.2015 - 13.02.2015;
- 30.03.2015 - 01.05.2015;
- 15.06.2015 - 17.07.2015.
- 4. To'rt bosqichning har birda ro'yxatdan o'tish vaqti:
-
- 25.08.2014 - 17.10.2014;
- 10.11.2014 - 09.01.2015;
- 26.01.2015 - 27.03.2015;
- 13.04.2015 - 12.06.2015.
- 5. Tanlovning finalini o'tkazish vaqti – 24.08.2015 - 25.09.2015.
- 6. «InstaForeksdan Katta Yo'l 2015» tanlovining sovrin jamg'armasi 55000 USDni tashkil etadi.
- 7. Tanlovning birinchi to'rtta bosqichi sovrinlari lineykasi quyichagi ko'rinishga ega:
-
- 1-o'rin – 3000 USD;
- 2-o'rin – 2000 USD;
- 3-o'rin – 1500 USD;
- 4-o'rin – 800 USD;
- 5-o'rin – 600 USD;
- 6-o'rin – 400 USD;
- 7-o'rin – 300 USD + 40 bonus ballari;
- 8-o'rin – 250 USD + 30 bonus ballari;
- 9-o'rin – 200 USD + 20 bonus ballari;
- 10-o'rin – 150 USD + 10 bonus ballari;
- 11-o'rin – 100 USD + 5 bonus ballari.
- 8. Tanlovning FINALI sovrinlari lineykasi quyidagi ko'rinishga ega:
-
- 1-o'rin – 6000 USD;
- 2-o'rin – 3500 USD;
- 3-o'rin – 2300 USD;
- 4-o'rin – 1500 USD;
- 5-o'rin – 1000 USD;
- 6-o'rin – 850 USD;
- 7-o'rin – 750 USD;
- 8-o'rin – 550 USD;
- 9-o'rin – 350 USD;
- 10-o'rin – 300 USD;
- 11-o'rin – 250 USD;
- 12-o'rin – 200 USD;
- 13-o'rin – 150 USD;
- 14-o'rinн – 100 USD.
- 9. Dastlabki 4 ta bosqichda pul mablag'laridan tashqari bonus ballari ham nazarda tutilgan bo'lib, ular «InstaForeksdan Katta Yo'l 2015» finalidan foydalanishi mumkin. Tanlovlar seriyasi finalida har bir bonus balga ishtirokchilning startdagi depozitiga 1000 USD qo'shiladi. Tanlovning avvalgi bosqichlarida ishtirok etganlarning va bonus ballari olganlarning hammasiga [email protected] manziliga bonus summalarini final bosqichida ularning hisob-varaqlariga o'tkazish to'g'risida iltimos bilan xat yozishlari kerak.
- 10. "InstaForeksdan Katta Yo'l 2015" finaliga ro'yxatdan o'tish 22.06.2015 00:00 (terminal vaqti)da boshlanadi va 21.08.2015 23:59 (terminal vaqti) da yakunlanadi.
II. Ishtirokchilar
-
- 1. InstaForeks kompaniyasida hisob-varag'ining har bir egasi tanlovning barcha bosqichlarida ishtirok etishlari mumkin.
- 2. Tanovda ishtirok etishga 18 yoshga to'lgan kishilar rusxat etiladi.
- 3. Tanlovning har bir ishtirokchisi InstaForeks kompaniyasining saytida ro'yxatdan o'tishi kerak.
- 4. Ishtirokchi ro'yxatdan o'tishda haqiqiy ma'lumotlarni, shaxsni tasdiqlovchi hujjatga mos to'liq ismni, amaldagi elektron aloqa manzilni taqdim etishi zarurligiga rozi bo'ladi.
- 5. Savdo bitta IPdan ikkita va/yoki undan ortiq hisob-varaqlarida savdo olib borilayotgani aniqlangan holda ma'muriyat bu hisob-varaqlari egasi (egalari)ni tanlovdan chiqarib tashlash huquqiga ega, shu munosabat bilan biz GPRS- va 3G-modemlaridan foydalanishni qat'iy tavsiya etmaymiz.
- 6. Tashkilotchi sababini izohlamasdan Ishtirokchini ro'yxatga olishni rad etishi va tanlov jarayonida Ishtirokchini tanlovdan chiqarib yuborish, yoki Tanlov o'tkazilishi tugaganda chiqarib yuborish sababini izohlash huquqini saqlab qoladi. Tanlovdan chiqarib yuborish uchun sabab aynan bir xil juftliklar bo'yicha taxminan o'xshash vaqtlarda yirik hajmdagi qarama-qarshi bitimlarni turli hisob-varaqlarida ochish, shuningdek kafolatli foyda olish uchun kotirovkalar oqimida to'xtalib qolishlardan foydalanish bo'lishi mumkin.
- 7. Ishtirokchi Tanlovda ro'yxatdan o'tishda Tanlovga tegishli barcha cheklashlar va qoidalarni tan oladi.
- 8. Tanlovda yaqin qarindoshlarning hisob-varaqlarining ishtirok etishi taqiqlangan. Agar Ishtirok etuvchining hisob-varag'ining ro'yxatdan o'tish ma'lumotlaridan birortasi boshqa Ishtirokchining ro'yxatdan o'tish ma'lumotlari bilan bir xil bo'lib qolgan hollarda Kompaniya bunday mos kelishni ishtirokchilarni o'yindan chiqarish uchun asos deb hisoblashga haqli.
III. Savdo shartlari
-
- 1. Tanlovda ro'yxatdan o'tkazilgandan so'ng Ishtirokchi DEMO-hisob-varag'ini oladi.
- 2. Boshlang'ich depozit 100 000 USD ni tashkil etadi va o'zgartirilishi mumkin emas.
- 3. Yelka 1:500.
- 4. Tanlovning har bir bosqichida ishtirok etish uchun yangi DEMO-hisob-varag'ini ro'yxtadan o'tkazish kerak.
- 5. Bozordan tashqari baholar bo'yicha ochiladigan barcha savdo orderlari bekor qilinishi lozim. Shuningdek Tanlov ma'muriyati agar hisob-varag'ida bozordan tashqari narxlarda savdo qilinganligi aniqlansa, hisob-varag'ini o'yindan chiqarib tashlash huquqiga ega.
- 6. Ishtirokchi savdo maslahatchilaridan va har qanday savdo strategiyalaridan cheklovlarsiz foydalanishi mumkin.
- 7. Savdo operatsiyalarini amalga oshirish uchun faqat asosiy valyuta juftliklari va kross-kurslar juftliklaridan foydalanish mumkin.
- 8. Bitimning eng kichik miqdori 0.01 lot, eng katta miqdori - 10 lotni tashkil etadi. Qadam 0.01 lotni tashkil etadi.
- 9. Ishtirokchi o'z savdo hisob-varag'ini texnik qo'llab-quvvatlashga murojaat qilish vositasida Swap-Freega o'zgartirishi mumkin.
- 10. Bir vaqtda ochilgan bitimlarning maksimal miqdori, kechiktirilgan orderlarni ham hisobga olganda 5 tani tashkil etadi.
- 11. Stop Out darajasi 10% ga teng.
- 12. Tanlov hisob-varaqlari uchun qolgan barcha savdo qilish shartlari InstaForeks kompaniyasidagi haqiqiy hisob-varaqlari uchun savdo shartlari bilan bir xil.
IV. G'oliblarni aniqlash
-
- 1. Tanlovning har bir bosqichi tugagandan so'ng Ishtirokchilarning barcha bitimlari joriy narxlar bo'yicha avtomatik tarzda yopiladi.
- 2. Eng ko'p depozitlar egalari g'olib deb e'lon qilinadi.
- 3. Agar tanlov yakuniga ko'ra ikki Ishtirokchining depozitlari o'lchovi bir hil bo'lib qolgan holda bu ikki ishtirokchi o'rtasida o'rinlarni taqsimlash to'g'risidagi qarorni Tashkilotchi qabul qiladi.
- 4. Tanlov g'oliblari ularning F.I.Sh. e'lon qilinishiga rozi bo'lishadi.
- 5. Tashkilotchi Ishtirokchi tomonidan tanlovning mablag'larini o'zlashtirishga qaratilgan biror hiyla ishlatishga urinishlarni to'g'ridan-to'g'ri va bilvosita isboti asosida avval berilgan sovrinni haqiqiy emas deb tan olish va bekor qilish huquqini saqlab qoladi.
- 6. Agar mijozning bitta yoki bir nechta hisob-varaqlarida sovrin mablag'larining to'planishi amalga oshirilayotgan holda kompaniya sovrinni o'tkazmaslik huquqini saqlab qoladi.
V. Natijalarni e'lon qilish
-
- 1. Ishtirokchilarning hisob-varaqlaridagi mablag'lar darajasidan tanlov borishining butun davomida Tashkilotchining saytida erkin foydalanish mumkin.
- 2. Tashkilotchi tanlov tugagandan so'ng Ishtirokchilarning hisob-varaqlari tarixini e'lon qilish huquqini saqlab qoladi.
- 3. Ishtirokchilarning tanlovdagi hisob-varaqlarini ro'yxatga olish amalga oshiriladigan mamlakatlar va hududlar statistikasi e'lon qilishini mumkin.
- 4. Tanlov natijalari u tugagandan so'ng va barcha zurur tekshirishlar o'tkazilgandan so'ng 14 kun mobaynida e'lon qilinadi.
VI. Sovrinni olish
-
- 1. G'oliblar tanlov natijalari e'lon qilingandan so'ng 30 taqvim kuni mobaynida hisob-varaqlarini ochish va verifikatsiya qilishlari kerak.
- 2. Sovrin mablag'lari mijoz ochadigan verifikatsiya qilingan haqiqiy savdo hisob-varag'iga o'tkaziladi.
- 3. Tanlov ma'muriyati yoki g'olibning o'zi ochadigan haqiqiy hisob-varag'idagi har qanday faoliyat u tomonidan amalga oshiriladi va InstaFintech kompaniyalar guruhining kelishuvlari va qoidalariga muvofiq tartibga solinadi deb tan olinishini g'olib e'tirof etadi.
- 4. Barcha sovrinlar yechib olinmaydigan hisoblanadi, biroq ulardan ulardan foyda yechilishi mumkin.
- 5. Tashkilotchi Ishtirokchi tomonidan tanlovning mablag'larini o'zlashtirishga qaratilgan biror hiyla ishlatishga urinishlarni to'g'ridan-to'g'ri va bilvosita isboti asosida avval berilgan sovrinni haqiqiy emas deb tan olish va bekor qilish huquqini saqlab qoladi.
- 6. Hisob-varag'idan mablag'larni olib tashlash mablag'larni chiqarishga buyurtmani rasmiylashtirishda avtomatik amalga oshiriladi. Savdo hisob-varag'i balansini va erkin mablag'larni (free margin) chiqarishga buyurtmaga mos kelishini tekshirish buyurtmaga bilvosita ishlov berishda moliya bo'limi mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi. Agar mos kelmay qolgan holda e'lon qilingan mablag'lar hisob-varag'iga qaytariladi.
VII. Tanlov shartlari tili.
-
- 1. Shartlarning asosiy tili ingliz tili hisoblanadi.
- 2. Mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida Kompaniya Tanlov shartlarini boshqa tillarga tarjima qilib taqdim etishi mumkin. Mazkur tarjima mutlaqo axborot hususiyatiga ega bo'ladi.
- 3. Tanlovning mazkur shartlarining ingliz tilidagi versiyasi va ularning tarjimalari orasida har qanday farq topilgan holda uning ingliz tilidagi versiyasi ustuvor hisoblanadi.
Tanlovning bosh sahifasi