empty
 
 

GBP/USD – bu britaniyaning funti va amerikaning dollari vayuta juftligining qisqartma shaklidir. Valyuta juftligi kotirovkasi 1 britaniya funtini sotib olish uchun qanda AQSh dollari to'lash kerakligini ko'rsatadi. GBP/USD Yevropada va ayniqsa Buyuk Britaniyada juda ommabop savdo vositasi hisoblanadi. U jahondagi eng kup savdo qilinadigan valyuta juftliklari orasida uchinchi o'rinni egallaydi, har kunlik savdo hajmi butun Foreks valyuta bozori aylanmasining tahminan 12%ini tashkil etadi.

Mazkur valyuta juftligi kuchli o'zgaruvchan va yetarli darajada holatini oldindan aytib berish qiyin. Bu juftlikda narxning o'zgarishi qisqa muddatli va portlovchi hususiyatga ega. Har kunlik o'zgarishlar o'rtacha 130 punktgacha etadi. GBP/USD bo'yicha likvidlikning pastligi Osiyo sessiyasida kuzatiladi (o'rtacha harakat taxminan 30 punkt).

Ko'pchilik treyderlar bu juftlikdan ko'ra EUR/USD juftligini afzal ko'rishadi. Britaniya funti, odatda, EUR/USD valyuta juftligi yo'nalishida harakatlanadi, ammo bu har doim ham shunday bo'lavermaydi. Funt/dollarning harakatlari aniq "kabel" yangiliklari (GBP/USD juftlikni ba'zan "kabel" deb atashadi - XIX asrda London va Nyu-York birjalari orasidagi aloqani transatlantik kabel ta'minlagan) chiqqan davrda funt/dollarning harakatlari yevro/dollarning valyuta juftligining harakatlaridan keskin farq qilishi mumkin. Masalan, Angliya Banki tomonidan foiz stavkasini o'zgarishi GBP/USD juftligi kursida namoyon bo'ladi.

Funtning harakatlari yevro va shveysariya frankining harakatlariga o'xshaydi. Funt bilan savdo qilganda narx harakatlarining yuqori kuchi sababli har doim ehtiyot bo'lish kerak, ayniqsa funt bilan kross-kurslarda. GBP/USD ko'pincha yangiliklarga qarshi yuradi, hattoki bu valyuta juftligi uchun hammasi yaxshi bo'lgan vaqtlarda kursi tushishi mumkin.

Maqolalar ro'yxatiga qaytish
Hisob-varag'ini ochish
Hisob-varag'ini ochish
Hisob-varag'ini to'ldirish
Hisob-varag'ini to'ldirish
Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.
Обратный звонок