empty
 
 

Foreks bozorida ishlashga endi kirisha boshlagan treyder valyuta savdolari xavfi yuzaga kelishi mumkiniligini tushunishi kerak - siz birin-ketin foydali bitimlarni ochishingiz mumkin, lekin bitta noto'g'ri qadam - bir necha daqiqada hammasini yo'qotishi mumkin.

Sizning muvaffaqiyatingiz bozorda ishlash tajribasiga va professionalizmga to'la bog'liq bo'lmaydi. Har bir yangi ham, tajribali treyder ham - xavf doim mavjudligini tushunishi kerak. Foreks bozorida muvaffaqiyatli savdoni yuritish uchun konstruktiv yondashuvdan foydalanish, diqqat-e'tiborli bo'lish va trendlarning o'zgarishiga ta'sir ko'rsatish mumkin bo'lgan hamma narsani tahlil qilish zarur.

Quyida sizning muvaffaqiyatli savdo strategiyasini olib borishingizga yordam beruvchi 9 ta omilni ko'rib chiqamiz:

  • 1. Qisqa muddatli davrga ishlashni qaror qilgan treyderlar avvalboshdan xavf guruhida bo'ladilar, bu esa ularni omadsizlarga yaqinlashtiradi. Qisqa muddatli davrda savdo qiluvchi treyderlar omadsizigining asosiy sababi ularning o'zlarini vaqt chegaralariga solib qo'yishlarida emas, balki savdo vaqtida ular yaxshi tayrgarlikka va aniq harakat rejasiga ega bo'lmasliklaridir. Bilimlarning va tayyorgarlikning etishmasligi bir daqiqalik xatoga yo'l qo'yish ham kechirmaydi, har qanday xatolik butun depozitning yo'qotilishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari bunday treyderlar ko'pincha savdo balansida etarlicha mablag'ga ega bo'lmaydilar. Ancha omadli treyderlar savdoni o'rtacha muddatli va uzoq muddatli vaqt oraliqlarida olib boradilar. Statistik nuqtai-nazardan o'rtacha muddatli va uzoq muddatli vaqt oraliqlarida savdo qilishda muvaffaqiyatga erishish ehtimoli yuqoridir. Sarflanayotgan mablag'lar haqida ham shuning o'zini aytish mumkin - bozorda qolish imkoniyati dastlabki kapitalning summasiga bog'liq.
  • 2. Omad kulib boqmagan treyderlar ko'pincha ko'p vaqtlarini bozor ertaga qay ahvolda bo'lishini tahlil qilishga sarflashadi, ancha omali treyderlar esa bu paytda ular joriy holatda o'zlarini qanday tutishlari kerakligini hal qilishadi va shu xulosalarga mos o'z strategiyalarini shakllantirishadi. Agar treyder olomonning aks ta'sirini oldindan ayta olsa, u holda omad uning tomonida bo'ladi. Agar treyder olamonning irratsional xaridlari va sotuvlariga aqlli harakatlar rejasi bilan javob berishga qodir bo'lsa, u holda o'z kapitalini orttirish imkoniyati ancha ortadi. Binobarin, omadli tahlilchi bo'lish omadli treyder bo'lishdan ancha murakkabdir. Tahlilchiga ancha murakkab ishni bajarishga to'g'ri keladi, chunki tahlilchi bozorning harakatini oldindan ko'ra bilishi va eng maksimal daromadni qanday olish kerakligini tavsiya etishi kerak, ayni paytda omadli treyder bozorga amal qilishi kerak.
  • 3. Ancha omadli treyderlar yutqizilgan bitimlarga va xavfning foydaga bo'lgan nisbatiga e'tibor qaratishadi, ayni paytda omadsizlar o'z diqqatini foyda keltiruvchi bitimlarga qaratishadi. Xavfga diqqatni qaratish foyda yoki zararga e'tibor berishdan ancha muhimliroqdir. Savdoga ancha professional nuqtai-nazardan qarovchi treyderlar doimo qancha pul ishlash mumkinligini, va qancha pulni yo'qotish mumkinligini doimo hisobga olib boradilar.
  • 4. Odatda, o'z his-tuyg'ularini nazorat qila olmaydigan treyderlarni amadli deb bo'lmaydi. Omadli v nacha tajribali treyderlar o'z his-tuyg'ularini muhim narsalarga qaratgan holda bozorni tahlil qiladilar. Agar pozitsiyalarning ochilishi yoki yopilishi faqat hissiyot asosida yuz berayotgan bo'lsa, u holda treyderning yondashuvini na ongli, na mantiqan to'g'ri deb bo'lmaydi. Ammo o'z hisslariga mutlaqo e'tibor bermaslik ham noto'g'ri yondashuvdir. Ba'zida katta miqdordagi asab stresslari ruhiy kasalliklarga olib kelishi mumkin, undan tashqari treydingning asosiy ko'nikmalarini ham yo'qotib qo'yish mumkin. Eng yaxshi usul har bir tuyg'uni kuzatib borish, shundan so'ng u yoki bu harakat amalga oshirilgan sabablar saqlani qolgan yoki qolmaganiga qarash lozim.
  • 5. Barcha tajribasiz treyderlar ularning haq ekanliklari to'g'risida ko'proq qayg'uradilar, ayni paytda professionallar his-tuyg'ularni tan olishadi, ammo hech qachon aqldan ustun kelishiga yo'l qo'ymaydilar. Omadli treyderlar faqat daromad keltirishi mumkin bo'lgan va bunga halal beradigan narsalarga diqqat-e'tibor beradilar. Bozorda yuz beradigan bara jarayonlardan xabardor bo'lib turish juda muhim, biroq doim shaxsiy hayotni va treydingni ajratish kerak. Katta yuklama ruhiy buzilishga va jismonan charchashga olib keladi. Treyding professionallari doimo bozorda ro'y berayotgan jarayonlardan tez ta'sirlanadilar, ular uchun bu pul keltiradigan ishdir xalos.
  • 6. Savdo vaqtida mablag'larini yo'qotgan omadsiz treyder yangi kitoblar yoki savdo tizimlarini sotib ola boshlaydi, darhol ulardagi kontseptsiya bo'yicha ish boshlaydilar, ayni paytda ancha tajribali va omadliroq treyder esa yuz bergan holatlarni tahlil qiladi, tahlil natijasida olingan ma'lumotlarni hisobga olgan holda o'z metodologiyasini tahrir qiladi. Ancha omadli treyder darhol yangi tizimga o'tmaydi, buni faqat eski tizim uning ishonchini oqlamasligini tushungandan keyingina unga o'tadi. Omali treyderlar doimo o'zlari tayyorlagan ishlariga amal qilishadi, odatda, bunda bir necha savdo strategiyalardan foydalanib borishadi.
  • 7. Bozorda savdo qilishda katta tajribaga ega bo'lmagan treyderlar ko'pincha mashhur treyderlardan savdolarni olib borish texnikasidan nusxa ko'chirishga intilishadi. Bu payt professionallar esa imkon bo'lgan barcha strategiyalarni ko'rib chiqishadi, shu jumladan mashhur treyderlarning strategiyasini xam ko'rib chiqishadi, lekin bu strategiya ularning savdoni yuritishiga to'g'ri kelsagina undagi namunadan foydalanishadi. Treyderning shaxsi, uning savdo tizimi buyuk bozor spekulyantining yutuqlariga qaraganda ancha muhimdir.
  • 8.Ko'pincha bozorda savdo qilish tajribasi bo'lmagan treyderlar ularga daromad keltirishi mumkin bo'lgan ko'pgina omillarni sezishmaydi. Har treyderning daromadini aylanishda bo'lgan mablag'lar miqdori belgilab beradi, buni barcha tajribali treyderlar yaxshi anglashadi. Foreksga undan chiqib ketayotganiga qaraganda qo'proq pul kirib kelishi kerak va buni har bir treyder hisobga olishi kerak.
  • 9. Odatda, bozorda ishlashni endi boshlagan treyderlar yoki foyda olish imkoniyatini doim boy beradigan treyderlar hammasini ko'ngliga juda yaqin qabul qilishadi. Ayni paytda ancha omadli treyderlar hammasini oddiy qabul qilishadi. Treyding ularga rohat baxsh etadi, o'sha vaqtni o'zida ular treydingga mutlaqo jiddiy qarashadi. Inson qanchalik jiddiy bo'lsa, u kasalliklarga shunchalik moyil bo'lishlarini ruhshunoslar aniqlashgan.

Omadli treyderlar ham omadsizlari ham Foreksda savdo qilishni ma'lum bir o'yindek qabul qilishadi.

Agar treydingni o'yin bilan tenglashtirsak, masalan, bouling bilan taqqoslaydigan bo'lsak, u holda treydingga yangi kelganlar, ko'rinmas kuchlanishlarsiz professional boulingchilar urib ag'darayotgan strayklar - orqasida "katta o'yindan tashqari" o'tkazilgan juda ko'p vaqt natijasi ekanini tushunadilar. Sportdagi singari treyding juda katta miqdordagi ichki va tashqi omillarni hisobga oladi. Amalga oshirilayotgan har bir bitimga iloji boricha yuqori jiddiylik bilan qarash kerak. Professional va tajribasiz treyderlar orasidagi farq shundaki, professionallar savdoni yuritishning aniq belgilangan strategiyasiga amal qilishadi, tajribasiz treyderlar esa hammasini o'yin tarzida qabul qilishadi.

Maqolalar ro'yxatiga qaytish

Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.
Обратный звонок